A'robiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh O`z Payg`ambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. At-Tawbah 9:97 ⧉
Tafsir:
Sahroyi arablar kufr keltirsalar va munofiqlik qilsalar, kufru nifoqda shaharliklardan koʻra ashaddiyroq boʻladilar. Ular dinni bilmaslikka, farzu sunnatlarni, qonun-qoidalarni anglamaslikka loyiqroq kimsalardir. Chunki ular qoʻpol, yovvoyi, odamovi kishilardir. Alloh ularning ahvolini koʻrib-bilib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻlolmas. Alloh har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.