Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 98 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 98 • Oʻzbekcha


وَمِنَ الْأَعْرَابِ مَنْ يَتَّخِذُ مَا يُنْفِقُ مَغْرَمًا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ الدَّوَائِرَ ۚ عَلَيْهِمْ دَائِرَةُ السَّوْءِ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 98
Tarjima:
A'robiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari o`zlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. At-Tawbah 9:98
Tafsir:
Sahroyi munofiqlar orasida Alloh yoʻlida qilgan sadaqasini zarar deb biladiganlari ham bor. Chunki ular sadaqa uchun ajr olishiga ham, sadaqa qilmagani uchun jazolanishiga ham ishonmaydilar. Shunday boʻlsa-da, gohida riyo uchun yoki qoʻrqqanlaridan sadaqa berib turadilar. Keyin esa, ey moʻminlar, sizlarga biron balo-ofat yetib, sizlardan qutulib qolish payida boʻladilar. Qilayotgan badniyatlari oʻzlariga ursin! Alloh ular aytayotgan gaplarni eshitguvchi, dillaridagi niyatlarini bilguvchi Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 97 Keyingi At-Tawbah • Oyat 99