Ular sizlar ulardan rozi bo`lishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi bo`lsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi bo`lmas. Tavba 9:96 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, anavi jihoddan qolganlar ulardan rozi boʻlishingiz va uzrini qabul qilishingiz uchun qasam ichadilar. Ulardan rozi boʻlmanglar. Ulardan rozi boʻlsangiz, Parvardigoringizga xilof qilgan boʻlursiz. Chunki U Zot kofirligu munofiqlik ila itoatsizlik qilgan qavmdan rozi boʻlmas. Shunday ekan, ey musulmonlar, Alloh rozi boʻlmagan kimsalardan rozi boʻla koʻrmanglar.