Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 46

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ أَسَاءَ فَعَلَيْهَا ۗ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ 46 ٤٦

Kim solih amal qilsa, o`ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o`ziga zarar. Robbing bandalarga zulm qilguvchi emas. (46)

Tafsir
Kim bir yaxshi ish qilsa, uning foydasi oʻziga boʻladi. Biron kimsaning yaxshi amalidan Allohga foyda yoʻq. Kim yomon ish qilsa, uning zarari oʻziga boʻladi. Biron kimsaning biron gunohi Allohga zarar qilmaydi. Hamma qilgan amaliga yarasha jazo yoki mukofotini oladi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz bandalariga zulm qilmaydi. Ularning yaxshiliklarini kamaytirib yoki yomonliklarini koʻpaytirib yubormaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin