Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fussilat — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

Fussilat • Oyat 54 dan 46 • Oʻzbekcha


مَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ أَسَاءَ فَعَلَيْهَا ۗ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ 46
Tarjima:
Kim solih amal qilsa, o`ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o`ziga zarar. Robbing bandalarga zulm qilguvchi emas. Fussilat 41:46
Tafsir:
Kim bir yaxshi ish qilsa, uning foydasi oʻziga boʻladi. Biron kimsaning yaxshi amalidan Allohga foyda yoʻq. Kim yomon ish qilsa, uning zarari oʻziga boʻladi. Biron kimsaning biron gunohi Allohga zarar qilmaydi. Hamma qilgan amaliga yarasha jazo yoki mukofotini oladi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz bandalariga zulm qilmaydi. Ularning yaxshiliklarini kamaytirib yoki yomonliklarini koʻpaytirib yubormaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fussilat • Oyat 45 Keyingi Fussilat • Oyat 47