Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fussilat — Oyat 47 (Oʻzbekcha) — Video

Fussilat • Oyat 54 dan 47 • Oʻzbekcha


إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ السَّاعَةِ ۚ وَمَا تَخْرُجُ مِنْ ثَمَرَاتٍ مِنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنْثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِ ۚ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَائِي قَالُوا آذَنَّاكَ مَا مِنَّا مِنْ شَهِيدٍ 47
Tarjima:
Soat(qiyomat) ilmi U zotning O`zigagina qaytarilur. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urg`ochining nimaga homilador bo`lishi ham, nimani tug`ishi ham faqat Uning ilmi ila bo`lur. U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» – deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yo`q», derlar. Fussilat 41:47
Tafsir:
Soat ilmi, Qiyomat kunini bilish yolgʻiz Allohga qaytariladi, havola qilinadi. Uning qachon boʻlishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir ayolning nimaga homilador boʻlishi va nimani tugʻishi ham U Zotning ilmi bilangina boʻladi. Alloh mushriklarga: "Menga sherik qilayotgan oʻsha butlaringiz qani?", deb nido qilgan kunda ular: "Etirof etamizki, oramizda bironta odam Sening sheriging borligiga guvoh boʻlolmas", dedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fussilat • Oyat 46 Keyingi Fussilat • Oyat 48