Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fussilat — Oyat 45 (Oʻzbekcha) — Video

Fussilat • Oyat 54 dan 45 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَاخْتُلِفَ فِيهِ ۗ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مُرِيبٍ 45
Tarjima:
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin so`z o`tmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar. Fussilat 41:45
Tafsir:
Biz Musoga Tavrotni berdik. U haqda ham ixtilof qilingan. Kimdir unga iymon keltirgan, kimdir kufr keltirgan. Bandalar oʻrtasida qilinadigan ajrim Qiyomat kuni boʻlishi haqidagi Allohning vadasi boʻlmaganda edi, Tavrot haqida ixtilof qilganlar oʻrtasida hukm chiqarib qoʻyilgan va kim haq, kim nohaq aniqlanib, haqlar ezozlangan, nohaqlar esa xorlangan boʻlardi. Albatta kofirlar Quron haqida shubha-gumonga boraveradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fussilat • Oyat 44 Keyingi Fussilat • Oyat 46