Sura Yunus (يونس) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 100

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ 100 ١٠٠

Allohning iznisiz hech bir jon mo`min bo`la olmas. U aql yurgizmaydiganlarga o`ta ifloslikni ravo ko`rur. (100)

Tafsir
Hech kim to Alloh tarafidan izn boʻlmagunga qadar oʻzicha moʻmin boʻla olmaydi. U Zotning xohish-irodasisiz iymon roʻy bermaydi. Shunday ekan, ular uchun gʻam-tashvish chekmang. Alloh Oʻzi yuborgan hujjatlar, buyruqlar va taqiqlarni anglamaydigan kimsalarni azob va sharmandalikka duchor qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin