Sura Yunus (يونس) (Oyat 101)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 101

قُلِ انْظُرُوا مَاذَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِي الْآيَاتُ وَالنُّذُرُ عَنْ قَوْمٍ لَا يُؤْمِنُونَ 101 ١٠١

Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-mo`'jizalar va qo`rqituvlar foyda bermas», deb ayt. (101)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan moʻjiza talab qilayotgan mushriklarga ayting: "Osmonlaru yerdagi Allohning yagonaligi va qudratiga dalolat qiluvchi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmga oyat-alomatlar ham, hujjat-dalillar ham, ogohlantiruvlar ham foyda bermas. Chunki ular sarkashlik bilan kufrda qotib qolgan kimsalardir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin