Sura Yunus (يونس) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 15

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ ۙ قَالَ الَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَاءَنَا ائْتِ بِقُرْآنٍ غَيْرِ هَٰذَا أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أُبَدِّلَهُ مِنْ تِلْقَاءِ نَفْسِي ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۖ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ 15 ١٥

Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot bo`lishdan umidi yo`qlar: «Bundan boshqa Qur'on keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men o`zimcha uni almashtira olmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulug` kunning azobidan qo`rqaman», deb ayt. (15)

Tafsir
Qachon ularga Allohning yagonaligiga dalolat qiluvchi ochiq-oydin oyatlarimiz oʻqib berilsa, qayta tirilishni inkor qiladigan, savobni umid qilmaydigan va jaozodan qoʻrqmaydigan kimsalar: «Ey Muhammad, but-sanamlarni haqorat qiladigan bu Qurondan boshqa bir Quron keltir yoki uni bizga toʻgʻri keladigan qilib oʻzgartir», dedilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: «Uni oʻzimcha oʻzgartirishga mening haqqim yoʻq. Boshqasini keltira olmayman ham. Uni Alloh Oʻzi istaganicha oʻzgartiradi. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Sizlar qoʻyayotgan talablarga rozi boʻlib, Parvardigorimga isyon qiladigan boʻlsam, ulugʻ kunning, Qiyomat kunining azobidan qoʻrqurman».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin