Sura Yunus (يونس) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 21

وَإِذَا أَذَقْنَا النَّاسَ رَحْمَةً مِنْ بَعْدِ ضَرَّاءَ مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُمْ مَكْرٌ فِي آيَاتِنَا ۚ قُلِ اللَّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ 21 ٢١

Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan so`ng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr bo`lur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin. (21)

Tafsir
Mushriklarga qurgʻoqchilik va qahatchilikdan keyin yomgʻir va serhosillikni ato qilsak, banogoh, ular oyatlarimizni yolgʻonga chiqarib, masxara qila boshladilar. Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklarga ayting: "Makr bobida hech kim Allohga teng kela olmaydi. Istidroj va jazoga tortish bobida ham. Nomayi amolingizni yozib turadigan hisob farishtalari qilayotgan makringizni qayd etib qoʻyadilar. Ulardan hech narsa yashirin qolmas. Ulardan yashirin qolmagan narsa Yaratuvchidan yashirin qolarmidi?! Yaqinda Alloh makringizga yarasha jazoyingizni berur. *Istidroj - yanada battarroq masiyat loyiga botishi uchun atayin jazolamasdan oʻz holiga tashlab qoʻyish

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin