Sura Yunus (يونس) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 23

فَلَمَّا أَنْجَاهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ ۗ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰ أَنْفُسِكُمْ ۖ مَتَاعَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 23 ٢٣

Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, ko`ribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat o`z ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. So`ngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz. (23)

Tafsir
Alloh ularning duolarini ijobat qilib, ularni bu kulfatdan qutqarganidan keyin esa kufru gunohlar bilan yer yuzida buzgʻunchilik qila boshladilar. Ey odamlar, koʻzingizni ochingiz! Qilgan zulmingiz Allohga zarar bermas. Oʻzingizga ziyon qilur. Bu dunyoda foydalanib qolishingiz mumkin. Ammo dunyo foniydir, oʻtkinchidir. Keyin esa qiyomat kuni Bizning huzurimizga qaytursiz. Oʻshanda qilgan gunohlaringizni yuzingizga solib, munosib jazoyingizni berurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin