Sura Yunus (يونس) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 2

أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَا إِلَىٰ رَجُلٍ مِنْهُمْ أَنْ أَنْذِرِ النَّاسَ وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِنْدَ رَبِّهِمْ ۗ قَالَ الْكَافِرُونَ إِنَّ هَٰذَا لَسَاحِرٌ مُبِينٌ 2 ٢

Odamlarga o`zlaridan bo`lgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli bo`ldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar. (2)

Tafsir
Odamlarga oʻzlarining orasidan bir kishiga vahiy yuborib: "Odamlarni Allohning azobidan ogohlantiring, iymon keltirganlarga esa qilib oʻtgan yaxshi amallari evaziga Parvardigorlari huzurida chin bir martaba borligidan xushxabar bering", deganimiz qiziq tuyuldimi? Kofirlar: "Bu oyatlarni olib kelgan odam aniq sehrgardir", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin