Sura Yunus (يونس) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 31

قُلْ مَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ أَمَّنْ يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَمَنْ يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَمَنْ يُدَبِّرُ الْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ اللَّهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ 31 ٣١

Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va ko`zlaringizning egasi kim, tirikni o`likdan, o`likni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt. (31)

Tafsir
Ey, Paygʻambar, ayting: «Kim sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan esa urugʻ unidirib, unga turli madanlarni joylab rizq berur? Kim quloq va koʻzlarga egalik qilur? Kim bir tomchi oʻlik suvdan insondek tirik mavjudotni, oʻlik tuxumdan tirik joʻjani chiqarur? Kim tirik hayvondan oʻlik bir tomchi suvni, tirik qushdan esa oʻlik tuxumni chiqarur? Osmonlaru yerning va ular orasidagi maxluqotlarning barcha ishlarini kim tadbir qilib turur?» Ular albatta: «Bu ishlarning hammasini Alloh qiladi», deb javob beradilar. Shunda siz ayting: «Shuni bilmaysizlarmi? Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilmaysizlarmi?!»

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin