Sura Yunus (يونس) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 34

قُلْ هَلْ مِنْ شُرَكَائِكُمْ مَنْ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ ۚ قُلِ اللَّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ 34 ٣٤

Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt. (34)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Allohni qoʻyib, ibodat qilayotganingiz oʻsha butlar orasida dastlab oʻzi yaratib, oʻlganidan keyin yana qayta tiriltira oladigani bormi?" Ularga ayting: «Alloh dastlab Oʻzi yaratib, oʻlganidan keyin yana Oʻzi qayta tiriltirur. Shunday ekan, ey mushriklar, qayon burilib ketmoqdasiz?! Haqni qoʻyib, botil sari bormoqdamisiz?!»

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin