Sura Yunus (يونس) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 64

لَهُمُ الْبُشْرَىٰ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الْآخِرَةِ ۚ لَا تَبْدِيلَ لِكَلِمَاتِ اللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 64 ٦٤

Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning so`zlarini o`zgartirish yo`q. Ana o`sha ulug` yutuqdir. (64)

Tafsir
Ular uchun Parvardigorlari tarafidan bu dunyoda ham xushxabar boʻladi. Yaxshi tush, odamlarning maqtovi kabi. Jonlari olinayotganda ham, oʻlganlaridan keyin ham, Qiyomatda ham farishtalar tarafidan ham xushxabar boʻladi. Allohning ularga bergan vadasi oʻzgarmasdir. Mana shu mukofot buyuk muvaffaqiyatdir. Zero, unda xavf-xatardan omonlik bor, murod-maqsadga yetish bor.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin