Sura Yunus (يونس) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 73

فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَاهُ وَمَنْ مَعَهُ فِي الْفُلْكِ وَجَعَلْنَاهُمْ خَلَائِفَ وَأَغْرَقْنَا الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۖ فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُنْذَرِينَ 73 ٧٣

So`ngra, uni yolg`onchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga bo`lganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol. (73)

Tafsir
Qavmi uni yolgʻonchiga chiqardi. Unga ishonmadi. Bas, Biz Nuhga va unga ergashib, kemaga chiqqan moʻminlarga najot berdik. Ularni oʻzlaridan oldingi salaflariga xalaf qildik. Ajdodlariga avlod qildik. Oyat-alomatlarni va hujjatlarni yolgʻon deganlarni esa toʻfon ila halok ayladik. Bas, ey Paygʻambar, Nuh ogohlantirganiga qaramay, iymon keltirmagan qavmning oqibati nima boʻlgani haqida fikr yuriting.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin