Sura Yunus (يونس) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 74

ثُمَّ بَعَثْنَا مِنْ بَعْدِهِ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَاءُوهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا كَانُوا لِيُؤْمِنُوا بِمَا كَذَّبُوا بِهِ مِنْ قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ الْمُعْتَدِينَ 74 ٧٤

So`ngra, undan keyin Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi bo`lmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz. (74)

Tafsir
Bir muddat oʻtib, Nuhdan keyin boshqa paygʻambarlarni yubordik. Ular oʻz ummatlariga oyat va hujjatlarni taqdim etdilar. Ummatlar esa oldingi sarkashligi sababli iymon keltirishni istamadilar. Natijada Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Oʻsha paygʻambarlarni inkor qilganlarning qalblarini muhrlaganimiz kabi hamma zamon va makondagi kufr ila Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshgan badbaxtlarning dillarini ham muhrlab qoʻyurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin