Sura Yunus (يونس) (Oyat 95)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 95

وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ فَتَكُونَ مِنَ الْخَاسِرِينَ 95 ٩٥

Zinhor, Allohning oyatlarini yolg`onga chiqaruvchilardan bo`lma, u holda ziyonkorlardan bo`lib qolasan. (95)

Tafsir
Hargiz Allohning hujjat va dalillarini yolgʻon deydiganlardan boʻla koʻrmang. Aks holda kufr ila oʻzini oʻzi halok qilgan ziyonkorlardan boʻlib qolursiz. Bu ogohlantirish haqni tan olmaslik va shubhaning naqadar xatarli ekanini bayon qilib kelyapti. Yoʻqsa, Paygʻambar alayhissalomdan bunday ish sodir boʻlmaydi-ku. U zot bunday ishlardan masum-ku.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin