Sura Takosur (Ko‘payish poygasi) — سُورَةُ التكاثر
Shuningdek quyidagicha tanilgan:
Alhākumu al-Takāthur (Ko‘payish sizni chalg‘itdi), al-Maqbarah (Qabriston)
أَلْهَاكُمُ التَّكَاثُرُ i
102:1«Kimniki ko`p» sizni mashg`ul qildi. (1)
حَتَّىٰ زُرْتُمُ الْمَقَابِرَ i
102:2To qabrlarni ziyorat qilguningizcha. (2)
كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ i
102:3Yo`q! Sizlar tezda bilasiz. (3)
ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ i
102:4Yana yo`q! Sizlar tezda bilasiz. (4)
كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ الْيَقِينِ i
102:5Yo`q! Agar Siz aniq ilm ila bilganingizda edi. (5)
لَتَرَوُنَّ الْجَحِيمَ i
102:6Albatta, jahannamni ko`rasiz. (6)
ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ الْيَقِينِ i
102:7Va yana, albatta, uni ishonch ko`zi bilan ko`rasiz. (7)
ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ i
102:8So`ngra, o`sha kunda, albatta, berilgan ne'matlardan so`ralasiz. (8)