Sura Hud (هود) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 103

إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِمَنْ خَافَ عَذَابَ الْآخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمٌ مَجْمُوعٌ لَهُ النَّاسُ وَذَٰلِكَ يَوْمٌ مَشْهُودٌ 103 ١٠٣

Albatta, bunda oxirat azobidan qo`rqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid bo`linadigan kundir. (103)

Tafsir
Allohning zulmu zoʻravonlikka mukkasidan ketgan shaharlarni qattiq azob bilan ushlashida Qiyomat kunining azobidan qoʻrqadigan zotlar uchun ibrat va nasihat bordir. U kunda Alloh hamma odamlarni toʻplab, ulardan hisob olur. U guvoh boʻlinadigan kundir. Yani, hamma u kunning guvohi boʻlgay, oʻz koʻzi bilan koʻrgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin