Sura Hud (هود) (Oyat 109)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 109

فَلَا تَكُ فِي مِرْيَةٍ مِمَّا يَعْبُدُ هَٰؤُلَاءِ ۚ مَا يَعْبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعْبُدُ آبَاؤُهُمْ مِنْ قَبْلُ ۚ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنْقُوصٍ 109 ١٠٩

Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada bo`lma. Ular oldin otalari ibodat qilganga o`xshash ibodat qiladilar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir) kamaytirmay to`liq qilib beramiz. (109)

Tafsir
Ey Paygʻambar, siz anavilar ibodat qilayotgan narsaning buzuqligidan shubhalana koʻrmang. Ularda qilayotgan ishlarining toʻgʻriligiga na aqliy va na naqliy hujjat bor. Ular oldingi ota-bobolariga taqlid qilyaptilar, xolos. Biz ularning azobdan iborat boʻlgan nasibasini kamaytirmasdan, toʻla qilib berguvchimiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin