Sura Hud (هود) (Oyat 111)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 111

وَإِنَّ كُلًّا لَمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَالَهُمْ ۚ إِنَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 111 ١١١

Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha to`liq vafo qilur. Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir. (111)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz anavi ixtilofga borayotganlarning hammasiga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini toʻla qilib beradi. Yaxshiliklariga yarasha mukofot, yomonliklariga yarasha esa jazo. Alloh ular qilayotgan ishlarning ikir-chikirigacha biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin