Sura Hud (هود) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 27

فَقَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَوْمِهِ مَا نَرَاكَ إِلَّا بَشَرًا مِثْلَنَا وَمَا نَرَاكَ اتَّبَعَكَ إِلَّا الَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِيَ الرَّأْيِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِنْ فَضْلٍ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَاذِبِينَ 27 ٢٧

Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz sening ham faqat o`zimizga o`xshagan odam ekaningni ko`ryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini ko`ryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni ko`rmayapmiz, balki sizlarni yolg`onchi deb o`ylayapmiz», dedilar. (27)

Tafsir
Shunda uning qavmidagi kofirlarning ulugʻlari dedi: "Davatingga quloq solmaymiz. Chunki senda biron bir fazilatni koʻrmayapmiz. Sen ham xuddi oʻzimizga oʻxshagan odam ekansan. Senga faqat yalangoyoqlargina oʻylamasdan ergashayotganini ham koʻryapmiz. Sizlarning mol-dunyoda ham, sharafda ham, obroʻ-etiborda ham bizdan ortiqcha joyingizni koʻrmayapmizki, sizlarga ergashsak. Aksincha, sizlarni yolgʻonchilar, deb oʻylayapmiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin