Sura Hud (هود) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 29

وَيَا قَوْمِ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى اللَّهِ ۚ وَمَا أَنَا بِطَارِدِ الَّذِينَ آمَنُوا ۚ إِنَّهُمْ مُلَاقُو رَبِّهِمْ وَلَٰكِنِّي أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ 29 ٢٩

«Ey qavmim, bu (da'vatim) uchun sizdan mol so`ramasman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`luvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni ko`rmoqdaman. (29)

Tafsir
Ey qavmim, risolatni yetkazayotganim uchun sizlardan mol-davlat soʻramayman. Savobimni berish faqat Allohning zimmasidadir. Men iymon keltirgan kambagʻallarni huzurimdan quvib soladigan odam emasman. Sizlar ularni quvib solishimni talab qilgan edingizlar. Ular Qiyomat kuni Parvardigoriga yoʻliqadigan zotlardir. Oʻshanda Alloh ularni iymonlariga yarasha mukofotlagay. Lekin men sizlarning nodon qavm ekaningizni, davatning mohiyatini anglamasdan, kambagʻal, nochor kishilarni huzurimdan quvib solishimni talab qilayotganlaringizni koʻrib turibman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin