Sura Hud (هود) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 37

وَاصْنَعِ الْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلَا تُخَاطِبْنِي فِي الَّذِينَ ظَلَمُوا ۚ إِنَّهُمْ مُغْرَقُونَ 37 ٣٧

Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to`g`risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g`arq bo`lguvchilardir», deb vahiy qildik. (37)

Tafsir
Bizning hifzi-himoyamiz va koʻrsatmamiz ostida kema yasa. Kufr keltirib, oʻziga oʻzi zulm qilganlar haqida gap ochib, ularga muhlat berishimni soʻrama. Ular, albatta, toʻfonga gʻarq boʻlguvchilardir. Bu sarkashlik bilan kofirligida turib olishlarining jazosidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin