Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U(kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingni ol, magar avval so`z ketganni (olma) va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi. (40)
Tafsir
Nuh alayhissalom Allohning buyrugʻini bajarib, kemani yasab boʻldi. Shunda ularni halok qilish haqidagi farmonimiz kelib, toʻfonning boshlanganiga belgi oʻlaroq hatto ularning tandirlari ichidan ham favvoralar otilib chiqqach, Nuhga dedik: "Kemaga har bir hayvondan bir juft, bir erkak va bir urgʻochisini yukla. Oilangni ham ol. Faqat gʻarq boʻlishi haqida hukm chiqarib boʻlinganlari bundan mustasno. Chunki ular iymon keltirmadilar. Qavmingdagi iymon keltirganlarni ham kemaga chiqar". Uzoq muddat davat qilganiga qaramasdan, unga qavmidan juda oz odam iymon keltirgandi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: