Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar yuz o`girib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo`lsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim o`rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi Zotdir», dedi. (57)
Tafsir
Mening davatimdan yuz oʻgirsangizlar, men oʻz vazifamni bajardim, sizlarga yetkazishim lozim boʻlgan narsani yetkazdim. Shu bilan sizlarga qarshi hujjat barpo boʻldi. Yaqinda Parvardigorim sizlarni halok qilib, oʻrningizga boshqa bir qavmni olib kelur. Sizlar davatimdan yuz oʻgirishingiz va haqni tan olmasligingiz bilan Allohga hech qanday zarar qila olmassizlar. Zero, U Zot bandalaridan behojatdir. Albatta, Parvardigorim har bir narsani kuzatib turguvchidirki, sizlar qilayotgan hiyla-nayranglardan meni Oʻzi asragay.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: