Sura Hud (هود) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 73

قَالُوا أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ اللَّهِ ۖ رَحْمَتُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الْبَيْتِ ۚ إِنَّهُ حَمِيدٌ مَجِيدٌ 73 ٧٣

Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo`lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar. (73)

Tafsir
Farishtalar uning hayratlanganini koʻrib dedilar: «Allohning qazoyi qadaridan ajablanasanmi? Sen kabilar Allohning har ishga qodirligini yaxshi biladilar-ku. Ey Ibrohim xonadoni, sizlarga Allohning rahmati va barakoti boʻlsin. Albatta, Alloh Oʻz sifatlari-yu, amallarida maqtovga loyiq va buyuk Zotdir».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin