Sura Hud (هود) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 81

قَالُوا يَا لُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَنْ يَصِلُوا إِلَيْكَ ۖ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِنَ اللَّيْلِ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنْكُمْ أَحَدٌ إِلَّا امْرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُ مُصِيبُهَا مَا أَصَابَهُمْ ۚ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ الصُّبْحُ ۚ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ 81 ٨١

Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir bo`lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o`girilmasin. Chunki, ularga yetadigan musiybat u(ayol)gada yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» – dedilar. (81)

Tafsir
Shunda farishtalar Lut alayhissalomga dedilar: «Ey Lut, biz Parvardigoringning elchilarimiz. Qavming senga biron yomonlik qila olmaslar. Kechasi qorongʻuda oilangni qishloqdan olib chiqib ket va birontangiz ortiga qaramasin! Faqat xotining bu gapga boʻysunmay, ortiga qaraydi va qavmingga yetgan musibat unga ham yetadi. Ularni halok etishga vada qilingan vaqt tongdir. Tong esa yaqin».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin