Sura Hud (هود) (Oyat 84)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 84

وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۚ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ وَلَا تَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ ۚ إِنِّي أَرَاكُمْ بِخَيْرٍ وَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُحِيطٍ 84 ٨٤

Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. O`lchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni ko`rib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qo`rqmoqdaman. (84)

Tafsir
Madyanga birodarlari Shuaybni paygʻambar qilib yubordik. U dedi: "Ey qavmim,yolgʻiz Allohgagina bandalik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga chin mabud yoʻq. Odamlarga oʻlchab yo tortib berayotganingizda oʻlchov va tarozidan urib qolmanglar. Men sizlarni seroblikda, farovonlikda koʻryapman. Endi gunohlar qilib, bu nematlardan mosuvo boʻlib qolmanglar. Men ustingizga hamma-hammani qamrab oladigan, hech kim undan qochib qutula olmaydigan kun azobi tushishidan qoʻrqaman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin