Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 100

وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى الْعَرْشِ وَخَرُّوا لَهُ سُجَّدًا ۖ وَقَالَ يَا أَبَتِ هَٰذَا تَأْوِيلُ رُؤْيَايَ مِنْ قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّي حَقًّا ۖ وَقَدْ أَحْسَنَ بِي إِذْ أَخْرَجَنِي مِنَ السِّجْنِ وَجَاءَ بِكُمْ مِنَ الْبَدْوِ مِنْ بَعْدِ أَنْ نَزَغَ الشَّيْطَانُ بَيْنِي وَبَيْنَ إِخْوَتِي ۚ إِنَّ رَبِّي لَطِيفٌ لِمَا يَشَاءُ ۚ إِنَّهُ هُوَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ 100 ١٠٠

Ota-onasini taxtga ko`tardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval ko`rgan tushimning ta'biridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan so`ng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, o`shanga latiyfdir. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi. (100)

Tafsir
Ota-onasiga oʻzi oʻtirgan taxtdan joy berdi. Unga ota-onasi ham, oʻn bitta ogʻa-inisi ham sajda qilib salom berdilar. Bu ibodat sajdasi emas, ehtirom sajdasi edi. Shu bilan Alloh Yusuf alayhissalom koʻrgan tushni roʻyobga chiqardi. Shu bois Yusuf alayhissalom ota-onasiga shunday dedi: "Sizlarning menga sajda qilib salom berishingiz, oldin koʻrganim va sizga aytib berganim tushning tabiridir. Parvardigorim uni roʻyobga chiqardi. Qamoqdan chiqishim, shayton men bilan ogʻa-inilarim orasini buzganidan keyin, yillar oʻtib, sizlarni qishloqdan bu yerga kelishingiz, Parvardigorimning ishidir, menga qilgan yaxshiligidir. Albatta Parvardigorim istagan tadbirini qila oladigan latif Zotdir. U, bandalarining ahvolidan xabardor va hikmat bilan tadbir qiladigan hakim Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin