Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 21

وَقَالَ الَّذِي اشْتَرَاهُ مِنْ مِصْرَ لِامْرَأَتِهِ أَكْرِمِي مَثْوَاهُ عَسَىٰ أَنْ يَنْفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا ۚ وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِي الْأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُ مِنْ تَأْوِيلِ الْأَحَادِيثِ ۚ وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰ أَمْرِهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 21 ٢١

Va uni Misrda sotib olgan (odam) o`z xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», – dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta'birini o`rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo`ydik. Alloh O`z ishida g`olibdir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar. (21)

Tafsir
Uni Misrda sotib olgan odam (Misr hokimi Aziz) xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, hurmatini joyiga qoʻy, mehmon qil, shoyad, bizga foydasi tegib, ayrim ishlarimizda asqotib qolsa yoki uni bola qilib olsak», – dedi. Qanday qilib Yusufni qutqargan, quduqdan chiqargan va Azizning qalbini unga nisbatan mehribon qilib qoʻygan boʻlsak, oʻshanday qilib, unga tushlarning tabirini oʻrgatishimiz uchun uni oʻsha yerga joylashtirib qoʻydik. Alloh Oʻz ishida Gʻolibdir. Uning farmoni soʻzsiz bajarilur. U Zotni hech kim hech ishga majburlay olmas. Lekin koʻp odamlar buni bilmaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin