Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 30

وَقَالَ نِسْوَةٌ فِي الْمَدِينَةِ امْرَأَتُ الْعَزِيزِ تُرَاوِدُ فَتَاهَا عَنْ نَفْسِهِ ۖ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَاهَا فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ 30 ٣٠

Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qo`yib qolgan ekan-da! Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi. (30)

Tafsir
Bu xabar shaharga tarqalib ketdi. Bir qancha ayollar bu ishni qoralab: "Azizning xotini qulini yoʻldan urmoqchi boʻlibdi. Rosa yuragidan urgan ekan-da! Qulni shunchalar yaxshi koʻrishni ochiq zalolat, deb bilamiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin