Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 36

وَدَخَلَ مَعَهُ السِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَا إِنِّي أَرَانِي أَعْصِرُ خَمْرًا ۖ وَقَالَ الْآخَرُ إِنِّي أَرَانِي أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِي خُبْزًا تَأْكُلُ الطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِ ۖ إِنَّا نَرَاكَ مِنَ الْمُحْسِنِينَ 36 ٣٦

U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda sharob tayyorlab yuribman», – dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non ko`tarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi. «Bizga buning ta'birini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz». (36)

Tafsir
Uni qamadilar. Zindonga yana ikki yigit tashlandi. Ulardan biri Yusufga dedi: «Men tushimda uzumdan sharob tayyorlayotgan emishman». Ikkinchisi esa: «Men boshim ustida non koʻtarib turganmishman, qushlar undan choʻqiyotgan emishlar. Ey Yusuf, sen bizga shuning tabirini aytib ber. Sening yaxshi ishlar qiluvchi odam ekaningni koʻrib turibmiz», dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin