Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 38

وَاتَّبَعْتُ مِلَّةَ آبَائِي إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَا أَنْ نُشْرِكَ بِاللَّهِ مِنْ شَيْءٍ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى النَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ 38 ٣٨

Va otalarim Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubning millati (dini)ga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning ko`plari shukr qilmaslar. (38)

Tafsir
Bobolarim Ibrohim, Ishoq va Yaqub diniga ergashganman. U Allohga tavhid asosida ibodat qilish dinidir. Biz uchun Allohga biron narsani sherik qilish joiz emas. U yolgʻizdir, yagonadir. Mening va bobolarimning tavhid va iymon bilan siylanishimiz Allohning bizga va odamlarga koʻrsatgan fazlu marhamatidandir. Lekin koʻp odamlar Allohning nematlariga shukr qilmaydilar, nonkoʻrlik qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin