Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 40

مَا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِهِ إِلَّا أَسْمَاءً سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ ۚ إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 40 ٤٠

Sizlar undan o`zga, o`zingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir, U faqat O`zigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana o`sha to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar. (40)

Tafsir
Sizlar Allohni qoʻyib, ibodat qilayotgan narsalaringiz oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlardan boshqa narsa emas. Ularning ilohlikka hech qanday aloqasi yoʻq. Alloh ularning toʻgʻriligiga biron hujjat nozil qilmagan. Hamma maxluqotlar borasidagi hukm yolgʻiz Allohniki. Alloh Oʻzigagina ibodat qilishingizni buyurgan. Shirk keltirishdan qaytargan. Hech bir qingʻirligi yoʻq toʻgʻri din mana shu. Lekin koʻp odamlar buni bilmaydilar. Bilmaganlari tufayli Allohga shirk keltirib, U Zotning maxluqotlariga ibodat qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin