Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 46

يُوسُفُ أَيُّهَا الصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِي سَبْعِ بَقَرَاتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعِ سُنْبُلَاتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَاتٍ لَعَلِّي أَرْجِعُ إِلَى النَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ 46 ٤٦

U: «Yusuf, ey, rostgo`y zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganining va yettita yashil boshoqning va shuncha qurug`ining ta'birini ayt. Shoyadki, odamlarga qaytib borsam, ular ham bilsalar», – dedi. (46)

Tafsir
U Yusufning oldiga kelib dedi: "Ey Yusuf, ey rostgoʻy, yetti oriq sigirning yetti semiz sigirni yegani, yetti yashil boshoq va shuncha quriganlari haqidagi tush tabirini bizga aytib ber. Shoyad, men podshoh va uning yonidagi odamlarga qaytib borib tabirni aytsam, shunda ular sening fazling va martabangni bilib qoʻysalar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin