Sura Yusuf (يوسف) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




12 Yusuf(يوسف), Oyat 6

وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِنْ تَأْوِيلِ الْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلَىٰ آلِ يَعْقُوبَ كَمَا أَتَمَّهَا عَلَىٰ أَبَوَيْكَ مِنْ قَبْلُ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَاقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 6 ٦

Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladi, senga tushlarning ta'birini o`rgatadi va senga va Ya'qub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Is'hoqqa batamom qilganidek, O`z ne'matini batamom qilib beradi. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli Zotdir», – dedi. (6)

Tafsir
Ey Yusuf, tushni qanday koʻrgan boʻlsang, Parvardigoring seni ana shunday tanlab oladi. Senga tushlarning tabirini oʻrgatadi. Oldingi bobolaring Ibrohim va Ishoqqa paygʻambarlik nematini toʻla qilib berganidek, senga va Yaqub oilasiga ham toʻla qilib beradi. Albatta Parvardigoring maxluqotlarining ahvolini bilib turadigan va har bir tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin