Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Uning oldida ham, ortida ham ta'qib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o`zgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo`lmaydi va ular uchun undan o`zga valiy ham yo`q. (11)
Tafsir
Alloh taoloning bir qancha farishtalari boʻlib, ular birin-ketin insonni kuzatib turadilar. Ayrimlari kechasi kelsa, ayrimlari kunduzi keladi. Allohning amri ila Alloh nasib qilgan oʻrinlarda insonni har xil qadarlardan asrab-avaylab turadilar. Insonning aytgan gaplarini ham, qilgan ishlarini ham yozib boradilar. Bir qavm oʻzidagi minnatdorlik holatini nonkoʻrlik holatiga oʻzgartirmagunicha Alloh uning yaxshi ahvolini yomon ahvolga oʻzgartirib qoʻymaydi. Alloh bir qavmni halok qilmoqchi boʻlsa, uni qaytara oladigan kuch yoʻq. Ey odamlar, sizlar uchun Allohdan boshqa ishlaringizni boshqarib turadigan bir boshqaruvchi ham, sizlarni balo-qazolardan asrab turguvchi bir homiy ham yoʻqdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: