Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 14

لَهُ دَعْوَةُ الْحَقِّ ۖ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُمْ بِشَيْءٍ إِلَّا كَبَاسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى الْمَاءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَالِغِهِ ۚ وَمَا دُعَاءُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ 14 ١٤

Haq da'vati Unikidir. Undan o`zgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv og`ziga yetishini kutgan odamga o`xsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan o`zga hech narsa emasdir. (14)

Tafsir
Duo hech bir sheriksiz yolgʻiz Allohga qilinur. Mushriklar but-sanamlarga duo qiladilar. But-sanamlar esa bironta duoni ijobat qila olmaydilar. Ular xuddi ogʻziga suv yetib borishi va undan ichishi uchun ikki qoʻlini suvga tekkizib qoʻyayotgan tashna odamga oʻxshaydilar. Bu ahvolda suv uning ogʻziga yetib bormaydi-ku. Shunga oʻxshab, kofirlarning duosi ham zalolatdan oʻzga narsa emas. Chunki u na foyda keltira oladi va na zararni daf qila oladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin