Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 18

لِلَّذِينَ اسْتَجَابُوا لِرَبِّهِمُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَالَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُوا لَهُ لَوْ أَنَّ لَهُمْ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لَافْتَدَوْا بِهِ ۚ أُولَٰئِكَ لَهُمْ سُوءُ الْحِسَابِ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ الْمِهَادُ 18 ١٨

Robbilariga ijobat etganlarga go`zallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega bo`lsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana o`shalarga yomon hisob bo`lur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir. (18)

Tafsir
Parvardigorlari tavhidga, toatga chaqirgan paytda Unga quloq solgan moʻminlar uchun goʻzal oqibat, jannat bordir. Tavhid va toatga chaqirilganda quloq solmagan kofirlar esa... Ittifoqo, yer yuzidagi hamma mol-mulk va yana shuncha mulk ularniki boʻlsa, oʻzlarini azobdan qutqarish uchun hammasini fido qilib yuborgan boʻlardilar. Hali ular hamma-hamma qilgan yomonliklariga javob beradilar. Ulardan juda yomon hisob olinadi. Ularning borar yeri jahannamdir. Doʻzax naqadar yomon joydir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin