Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh siz ko`rib turgan osmonni ustunsiz ko`targan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni O`ziga bo`ysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot bo`lishga ishonch hosil qilsangiz. (2)
Tafsir
Alloh shunday Zotki, osmonlarni ustunsiz koʻtarib qoʻydi. Sizlar uni koʻrib turasizlar. Keyin Arshga koʻtarildi. Koʻtarilishi shakli va oʻxshashi yoʻq bir holda, Oʻziga loyiq boʻlgan bir tarzdadir. Quyosh va oyni bandalarining manfaatlariga boʻysundirdi. Quyosh ham, oy ham Allohning ilmida belgilangan muddatgacha yuradi. Har qanday nuqsondan pok Alloh osmonlaru yerdagi barcha ishlarning tadbirini Oʻzi istagan tarzda qiladi va Oʻzining qudratiga dalolat qiladigan oyat-alomatlarni mufassal bayon etadi. Shoyadki, Qiyomat kuni Parvardigoringiz bilan boʻladigan uchrashuvga aniq ishonib, yaxshi ammallar bilan unga tayyorgarlik koʻrsangizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: