Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. So`ngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq bo`lgan edi?! (32)
Tafsir
Ey Paygʻambar, qavmi tarafidan masxara qilingan birinchi paygʻambar emassiz. Sizdan oldin ham paygʻambarlar yolgʻonchiga chiqarilganlar, masxara qilinganlar. Oʻsha paytdagi kofirlarga biroz muhlat berganman. Ular Meni halok qilmaydi, deb oʻylab qolganlar. Keyin esa ularni turli xil azoblarga giriftor qilganman. Azobim qanday boʻlganini koʻrsangiz edi! U juda qattiq azob boʻlgandi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: