Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 33

أَفَمَنْ هُوَ قَائِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا لِلَّهِ شُرَكَاءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّئُونَهُ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِي الْأَرْضِ أَمْ بِظَاهِرٍ مِنَ الْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا عَنِ السَّبِيلِ ۗ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ 33 ٣٣

Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yo`q, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab ko`rsatildi va ular yo`ldan to`sdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas. (33)

Tafsir
Mabudlikka barcha maxluqotlarni rizq bilan taminlaydigan, hammaning qilayotgan ishini kuzatib turadigan va amaliga yarasha jazo yo mukofotini beradigan Zot haqliroqmi yoki qoʻlidan hech ish kelmaydigan butlarmi? Kofirlar zulm va boʻhton ila Allohga boshqalarni sherik qildilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Davoyingiz rost boʻlsa, ibodat qilayotganingiz butlarning nomini aytinglar-chi. Yoki sizlar yer yuzida Allohga bilmagan narsasi haqida xabar berasizlarmi? Yoki U Zotga asli boʻlmagan soxta gapni aytasizlarmi? Aslo! Shayton kofirlarga yovuz ishlarini chiroyli qilib koʻrsatdi. Shu bilan ular Allohga kufr keltirdilar va odamlarni rushdu hidoyat yoʻlidan toʻsidilar. Alloh kimni toʻgʻri yoʻldan adashtirib qoʻygan boʻlsa, endi uni hioyatga boshlaydigan odam topilmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin