Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 35

مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ ۖ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۖ أُكُلُهَا دَائِمٌ وَظِلُّهَا ۚ تِلْكَ عُقْبَى الَّذِينَ اتَّقَوْا ۖ وَعُقْبَى الْكَافِرِينَ النَّارُ 35 ٣٥

Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, do`zaxdir. (35)

Tafsir
Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilgan kishilarga vada qilingan jannatning tavsifi shuki, undagi qasrlar va daraxtlar ostidan anhorlar oqib oʻtadi. Mevalari bu dunyoning mevalariga oʻxshab tugab qolmaydi. Soyalari ham hech qachon gʻoyib boʻlmaydi. Bu Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilgan zotlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa doʻzax boʻlib, unda abadiy qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin