Sura Ar-Ra'd (Momaqaldiroq — الرعد) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




13 Ar-Ra'd(الرعد), Oyat 4

وَفِي الْأَرْضِ قِطَعٌ مُتَجَاوِرَاتٌ وَجَنَّاتٌ مِنْ أَعْنَابٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَىٰ بِمَاءٍ وَاحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍ فِي الْأُكُلِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 4 ٤

Va yer yuzida qo`shni bo`laklar bor. Shuningdek, uzumlar, bog`lar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bo`lib, bir xil suv ila sug`oriladilar va ularning ba'zilarining mevasini ba'zilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (4)

Tafsir
Zaminda bir-biriga yaqin boʻlgan boʻlak-boʻlak yerlar, uzumzor bogʻlar, ekinzorlar, shoxlagan-shoxlamagan xurmolar bor. Ularning hammasi bir xil suv bilan sugʻoriladi. Shunga qaramay, tami va foydasi borasida ularning ayrimlarini ayrimlaridan afzal qilamiz. Bu ishlarda aql yuritadigan qavm uchun oyat-alomatlar bor. Aql yurita oladigan kishilargina oyat-alomatlardan foydalana oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin