Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 11

قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِنْ نَحْنُ إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَمُنُّ عَلَىٰ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۖ وَمَا كَانَ لَنَا أَنْ نَأْتِيَكُمْ بِسُلْطَانٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ 11 ١١

Payg`ambarlari ularga: «Biz sizga o`xshash bashardan o`zga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga (payg`ambarlik) in'om qilur. Biz o`zimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar. (11)

Tafsir
Ularga paygʻambarlari raddiya bildirib dedilar: "Biz ham sizlarga oʻxshagan odamlar ekanimizni inkor etmaymiz. Lekin bundan hamma narsada xuddi sizlardek boʻlishimiz lozimligi anglashilmaydi. Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganiga inom qilib, uni paygʻambarlikka tanlab oladi. Biz sizlar talab qilayotgan hujjatni oʻzimizcha keltira olmaymiz, faqat Allohning izni bilangina keltira olamiz. Bu ishga yolgʻiz Allohgina qodirdir. Shunday ekan, moʻminlar oʻzlarining hamma ishlarida yolgʻiz Allohgagina suyansinlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin