Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 12

وَمَا لَنَا أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى اللَّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا ۚ وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَىٰ مَا آذَيْتُمُونَا ۚ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ 12 ١٢

Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yo`limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar. (12)

Tafsir
Nega endi Allohga suyanmas ekanmiz? Bizni bu ishdan nima toʻsyapti? Yoki biron uzrimiz bormi? Axir U Zot bizni eng toʻgʻri, eng yorugʻ yoʻlga hidoyat qilib qoʻydi-ku! Sizlarning yolgʻonchiga chiqarish, masxara qilish kabi ozorlaringizga albatta sabr qilamiz. Moʻminlar oʻzlarining hamma ishlarida yolgʻiz Allohgagina suyanishlari lozim.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin