Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 22

وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الْأَمْرُ إِنَّ اللَّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدْتُكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ ۖ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ إِلَّا أَنْ دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي ۖ فَلَا تَلُومُونِي وَلُومُوا أَنْفُسَكُمْ ۖ مَا أَنَا بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنْتُمْ بِمُصْرِخِيَّ ۖ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَا أَشْرَكْتُمُونِ مِنْ قَبْلُ ۗ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 22 ٢٢

Ish bitib bo`lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va'dani qilgan edi. Men esa, sizga va'da berdim-u, va'damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo`q edi. Faqat da'vat qilsam, o`zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o`zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi. (22)

Tafsir
Jannatiylar jannatga, doʻzaxiylar doʻzaxga kirib, hamma ish bitgach, shayton dedi: "Alloh sizlarga chin vada qilgandi, vadasini bajardi. Men esa yolgʻon vada berib aldagandim. Shuning uchun vadamni bajarmayman. Men uchun sizlarning ustingizdan hech qanday hukmronlik yoʻq edi, sizlarni kufru zalolatga majbur qilmaganman. Oʻzlaringiz kufrga chaqirib, gunohni chiroyli qilib koʻrsatgan zahotim, darrov menga ergasha qolgansiz. Endi meni emas, oʻzlaringizni malomat qilinglar. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam bera olmaysizlar. Oldin sizlar meni Allohga sherik qilganinglarni inkor etaman". Allohga kofir boʻlgan va shirk keltirgan zolimlar uchun Qiyomat kuni alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin